Latest posts.

“Hujayraning    tarkibiy    qismlari”

 

Shahrisabz   tumanidagi   31-maktabning

biologiya fani   o’qituvchisi

Shoimova    Komilaning

5-sinfda   biologiya  fanidan

“Hujayraning    tarkibiy    qismlari”

mavzusida   yozgan  bir  soatlik

DARS  LOYIHASI

Mavzu:     Hujayraning   tarkibiy qismlari.

Darsning  maqsadi:a) o’quvchilarga hujayra va uning tarkibiy qismlari haqida ta’limiy tarbiya berish;

  1. b) o’quvchilarni dars jarayonida mavzuni yoritish orqali  tabiatga va o’simliklarga bo’lgan qiziqishini uyg’otish ,hamda  tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishlarini tushuntirish;
  2. s) dars jarayonida o’quvchilarni fanga oid bilimlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy tarbiya berish.

  Darsda qo’llaniladigan kompetensiyalar  .

    Fanga  oid   kompetensiya :             Biologik   ob’yektlar tuzilishini

o’rganish va kuzatish.                                                                                  Tayanch  kompetensiyalar:               Axborotlar bilan ishlash   ,o’rganganlarini qayta so’zlashga o’rgatish

 Darsda foydalaniladigan usullar:     aralash   o’yinli,tezkor savollar, krossvord,ma’lumotlar  o’yini.

Darsda foydalaniladigan jihozlar:  darslik,tarqatmalar,ko’rgazma, dars  slaydi,  video rolik mavzuga oid, AKT  va proyektor.

O’ylaymiz, fikrlaymiz

va yechamiz.

Bugungi ishni

ertaga qo’ymaymiz.

 

I.Darsning tashkiliy qismi  :   a)salomlashish

  1.  b) o’quvchilar davomatini aniqlash
  2.  s) o’quvchilarni darsga tayyorgarligini  kuzatish ,  qisqa ma’naviyat daqiqasini o’tkazish, sinfni guruhlarga bo’lish .

II.O’tilgan     mavzuni       so’rash .

1.Ma’lumotlar zanjiri     

2.Kerakli so’zni   qo’ying. 

1.Hujayra haqidagi  fan    ————  deyiladi.                   2.Hujayrani    ———-  degan olim,      ———  yilda kashf etgan.                                                                                          3.Archa barglarini      ——-   to’kadi.                    4.Xazonrezgilik  bu  ———-   o’zgarish.                                  5.Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra —————  larga bo’linadi.

 3.Tezkor savollarga tez javob bering.

1-guruh  uchun.                 

 1.Barglar qanday to’kiladi?                                                   2.O’simliklarni  hayotiy shakli deb nimaga aytiladi?  3O’simliklar  olamidagi ajoyibotlardan biri.                          4.Gulli o’simliklarni xilma-xilligi nimaga bog’liq?

2-guruh uchun

1.Barg to’kilishining qanday ahamiyati  bor?                 2.Daraxtlarga ta’rif  bering.                                            3.O’simliklar olamidagi  ajoyibotlardan biri.                            4.Gulli  o’simliklar deb nimaga aytiladi?

3-guruh  uchun

1.Barg to’kilgandan keyin daraxtlar suv bug

latadimi?                                                                                       2.Butalar deb nimaga aytiladi?                                              3.O’simliklar olamidagi ajoyibotlardan biri   .                                                                  4.  Yer yuzida gulli o’simliklarning qancha oilasi ,  turkumi  va turi  bor?

 III.O’tilgan mavzuni xulosalash.

Biz o’tilgan   mavzu orqali hujayrani    o’simliklarning  eng kichik  tuzilish birligi ekanligini,    1665-yilda ingliz tabiatshunos olimi Robert Guk  birinchi bo’lib hujayrani kashf qilganligini, sitologiya hujayrani o’rganuvchi fan ekanligini, o’simliklar bir yoki ko’p hujayrali bo’lishini bilib oldik.

 

  1. Yangi mavzuni bayon etish:

Hujayralar  juda mayda bo’lib , ularni   biz faqat kattalashtirib ko’rsatuvchi asboblardan foydalanib  ko’rishimiz mumkin.O’simlik tanasi bir yoki ko’p hujayradan iborat bo’ladi. Ko’p hujayralilarda  uning ichidagi jarayonlar maxsus hujayralar orqali amalga oshadi.

Biz bugungi darsda  hujayra tarkibiy qismlari bilan tanishamiz: hujayra qobig’I, sitoplazmasi, mag’izi ,plastidalari va vakuoli.

Hujayra  qobig’i.

Hujayra tashqi tomondan qobiq bilan o’ralgan ,u tiniq va mustahkam.Qobiq ichki qismlarni o’rab ,tashqi ta’sirlardan himoya qiladi,hamda tashqi muhit bilan bog’lab turadi. Uning tuzilishi murakkab ,ba’zi moddani osongina o’tkazsa ,ba’zilarini tanlab o’tkazadi.uning bu xususiyati hujayra tirikligida saqlanib turadi.

  Hujayra sitoplazmasi.

Sitoplazma hujayraning asosiy tarkibiy qismi,u rangsiz ,tiniq,suyuq  yoki shilamshiq. Doimo harakatlanib turadi.

  Hujayraning  mag’izi.

Mag’iz hujayraning deyarli o’rtasida  joylashgan eng muhim tarkibiy qismi. Uning  asosiy roli hujayralar bo’linishida ishtirok etishidir. Barch a o’simliklarda mag’iz bir xil emas. Bu haqida  keying sinflarda o’rganamiz. U tarkibiy tuzilishiga ko’ra  sitoplazma tuzilishiga o’xshaydi. Mag’iz ning shakli hujayraning   yashash sharoitiga va yoshiga ,maydaligiga qarab har-xil bo’ladi.

Mag’izni 1831-yilda   ingliz olimi  Robert Broun   hujayraning tarkibiy qismi ekanligini aniqladi.

  Plastidalar—   hujayraning  asosiy tirik qismlaridan biri. Ular faqat o’simliklarga xos bo’lgan organoid hisoblanadi.  Plastidalarni 3 xil turi farqlanadi:  Xloroplastlar   -yashil rangda  bo’lib , unda  yashil rang beruvchi  xlorofill pigmenti bo’ladi.  Xromoplastlar –zarg’aldoq ,qizg’ish  rangli  .  Leykoplastlar  -rangsiz  plastidalar hisoblanib , o’simliklarni idizida  uchraydi.  Xloroplast  va xromoplastlar o’simliklarni gul va mevalarida , barglarida  uchraydi.

Vakuol sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to’lgan bo’shliq. Uning tarkibini 70-95%ini  suv tashkil etadi, hamda  unda yana oqsil ,moy ,shaker moddalari bo’ladi. Vakuol tarkibidagi shira mevalarga maza –ta’m beradi. Shuning uchun mevalarimiz ta’mi nordon ,shirin bo’ladi.

Hujayraning o’simlikning qaysi qismida joylashishiga qarab  masalan barg yoki poyada joylashsa  himoya ;  urug’, ildizda joylashsa jamg’arish vazifasini bajaradi. Hujayralar to’plami to’qima deyiladi.

  1. Yangi mavzuni   mustahkamlash

Izoh :o’quvchilar  parta bo’yicha ishtirok etadilar.

1.Raqamlarda harflar  yashirin .(Fan oyligi munosabati bilan)

Izoh : Alifbo   bo’yicha  harflar  raqamlanadi   va yashiringan so’z harflarining raqamlari  qo’yiladi.

1:   7,20,9,1,23,17,1——————.

2:   21,1,10,20,14,11,1—————.

3:   12,1,26,8,24———————-.

 

  1. Bir daqiqa ichidagi ma’lumotlar o’yini.( Bir daqiqa vaqt beriladi)

 Izoh:  Bunda    partada  o’tirgan har  ikkala o’quvchi  ham ishtirok etishi kerak.  Vaqt  1-minutdan  beriladi..

4.Uchinchisi ortiqcha  yoki  noto’g’ri ma’lumotni   tagiga chizing.

1.Hujayra organoidlari :Mag’iz ,plastida, obyektiv.

2.Faqat  bir yillik o’simliklarni toping: tarvuz ,sabzi, pomidor.

3.Hujayrani tirik qismi: sitoplazma , hujayra qobig’i,  mag’iz.

 VI.Yangi mavzuni xulosalash va o’quvchilarni baholash.

Mavzuga oid video rolik  ko’rsatiladi.

VII.Uyga vazifani berish va darsni yakunlash.                                   Hujayraning tarkibiy qismlari mavzusini o’qib , 18 -rasmni chizib kelish.

2.Kerakli sozni   qoying

1.Hujayra haqidagi  fan    ————  deyiladi.                   2.Hujayrani    ———-  degan olim,      ———  yilda kashf etgan.                                                                                          3.Archa barglarini      ——-   tokadi.                    4.Xazonrezgilik  bu  ———-   ozgarish.                                  5.Gulli osimliklar hayotiy shakllariga kora —————  larga bolinadi.

 2.Kerakli sozni   qoying

1.Hujayra haqidagi  fan    ————  deyiladi.                   2.Hujayrani    ———-  degan olim,      ———  yilda kashf etgan.                                                                                          3.Archa barglarini      ——-   tokadi.                    4.Xazonrezgilik  bu  ———-   ozgarish.                                  5.Gulli osimliklar hayotiy shakllariga kora —————  larga bolinadi.

  B     I    R       Y   I   L   L   I   K                 

 O’ S I M L I K L A R guruhi  I  K  K  I        Y   I   L   L   I   K                 

 O’ S I M L I K L A R  guruhi  K  O’  P    Y   I   L   L   I   K     O’ S I M L I K L A R guruhi